Turkmaniston prezidenti O‘zbekistonga keladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGosudarstvenniy vizit Prezidenta Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedova v Uzbekistan zavershilsya
Gosudarstvenniy vizit Prezidenta Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedova v Uzbekistan zavershilsya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev va Berdimuhammedov uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qiladilar

TOShKENT, 22 noya - Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov 28-noyabr kuni O‘zbekistonga keladi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev i Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Turkmanboshi Mirziyoyevga "jannat" tulporini sovg‘a qildi

"O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 28-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi", - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qiladilar hamda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilishining borishini ko‘rib chiqadilar.

Prezidentlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Turkmaniston prezidenti 29-noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

Mirziyoyev: Turkmaniston bilan muhokama qilinmagan masalalar qolmadi >>>

Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston prezidenti 2018-yilning aprel oyi oxirlarida O‘zbekistonda bo‘lgan edi. Tashrifning eng yorqin lahzalarini mana shu yerda tomosha qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0