TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Bugun Toshkentda GFS 20 turniriga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Unda UFC jahon chempioni Habib Nurmagomedov va O‘zbekiston aralash jang san’ati assotsiatsiyasi rahbari Otabek Umarov ishtirok etdi.
O‘zbek xalqi mehmondo‘stligi haqida jurnalistning hazil savoliga Habib Nurmagomedov quyidagicha javob berdi:
"Men vazndan xalos bo‘lishim kerak, shuning uchun bu yerda hech qanday kulgili narsani ko‘rmayapman. Qanday bo‘lmasin, vazn yo‘qotishgacha hali vaqt bor. Men kuniga kamida bir marta mashq qilaman, kecha esa ikki marta mashq qildim”, - dedi Nurmagomedov.
Habib Nurmagomedov o‘zbek taomlari singari mazali taomlarni hech qayerda iste’mol qilmaganligini aytdi.
“Men ko‘p joyda bo‘lganman, biroq bunday mazali taomlarni tanovul qilmaganman. Taomlar juda xilma-xil. Hammasi eng yuqori darajada. Hozircha bu yerda mehmonmiz, vazn haqida o‘ylamaymiz, taomlardan zavq olamiz”, - deb qo‘shimcha qildi sportchi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 23-noyabr kuni GFC 20 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Habib Nurmagomedov unda taklif qilingan nufuzli mehmon sifatida ishtirok etadi.