Toshkent viloyatida mahkum boshqa bir mahkumni chuv tushirdi

© Sputnik / Ivan Rudnev / Mediabankka o‘tishOxranniy perimetr minskoy ispravitelnoy kolonii
Oxranniy perimetr minskoy ispravitelnoy kolonii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum boshqa bir mahkumning ishonchiga kirib, firibgarlikka qo‘ldi. Unga nisbatan yana bir nechta modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

TOShKENT, 21 noya - Sputnik. Toshkent viloyatida mahkum boshqa bir mahkumni 2 ming dollarga chuv tushirdi.

Smena karaula v Ispravitelnoy kolonii - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda qamoqdan qochgan mahbus qo‘lga olindi

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent viloyatidagi 43-sonli manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkum B.R. boshqa mahkumning ishonchiga kirgan. Uni koloniyadan chiqarib yuborish uchun advokatga pora tariqasida pul berish bilan aldab, 2000 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan B.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 28 (Jinoyat ishtirokchilarining turlari), 211-moddalari (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0