TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko kelasi yildagi prezident saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sputnik Belarus xabar qilmoqda.
17 noyabr, yakshanba kuni Belarusda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Jurnalistlar parlament saylovlarida ovoz bergan Aleksandr Lukashenkodan u 2020-yildagi prezident saylovlarida ishtirok etish yoki etmaslikni rejalashtirayotgani haqida so‘rashdi.
“Men bu savolga allaqachon javob berganman. Agar odamlar biror bir saylovlarda meni qo‘llab-quvvatlashmasa, men ulardan xafa bo‘lmayman”, - dedi u. Xalq uni saylovda qo‘llab-quvvatlamasligi haqida o‘ylashi kerakligini qo‘shimcha qilgan.
Belarus rahbarining so‘zlariga qaraganda, agar xalqning o‘zi undan yana saylovlarda ishtirok etishini so‘rashi lozim.
“Men bu saylovlarda o‘z nomzodimni taklif qilaman, agar men siz bunga qat’iy qarshi ekanligingizni bilsam, albatta, xavotirlanaman. Lekin siz mening nomzodimni rad qilishingiz kerak”, - deya fikrlarini bildirdi Lukashenko.
Belarus yetakchisi prezidentlik kursisiga yopishib olmasligini ta’kidlagan va bu “unchalik yumshoq kursi” emasligini qo‘shimcha qilgan.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Belarusda navbatdagi prezident saylovlari 2020-yil avgust oyi oxiriga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.