Atambayev yana qachongacha qamoqda saqlanishi ma’lum bo‘ldi

© Aleksey NikolskiyPrezident Kirgizstana Almazbek Atambayev
Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga nisbatan qo‘llangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi muddati 26-oktabr kuni o‘z nihoyasiga yetadi.

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni qamoqda saqlash muddati ikki oyga uzaytirildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘izistonga sobiq davlat rahbarining advokati Sergey Slesarev ma’lum qilgan.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, qaror bugun Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi bo‘yicha dastlabki sud majlisida qabul qilingan. Ushbu jinoyat ishida Atambayev asosiy figurantlardan biri hisoblanadi. Sobiq prezident bo‘lib o‘tayotgan hodisalarni “hukumat uning bo‘yniga majburan yuklagan o‘yin” deb hisoblab, majlisiga kelishdan bosh tortgan.

Kirgizstansi v shoke: opublikovan spisok arestovannogo imushestva Atambayeva - Sputnik O‘zbekiston
Konstitutsiyaviy palata Atambayev shikoyati bo‘yicha qaror qabul qildi

Siyosatchining advokati qarorni qo‘liga olgan. Avvalgi qamoqda saqlash muddati 26-oktabr kuni o‘z nihoyasiga yetar edi.

Batukayev ishi

Aziz Batukayev 2006-yilning avgust oyida Alamudin tuman sudi hukmi bilan 16-yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, uning  molu mulki musodara qilingan. Batukayev 2006-yilda Bishkek shahri yaqinida koloniyada ommaviy tartibsizlik uyushtirganlikda va hujum paytida Qirg‘iziston parlamenti deputati Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish boshqarmasi rahbari Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki nafar xodimini o‘ldirishda ayblangan. Aziz Batukayev 2013-yil 9-aprelda “og‘ir kasallik” tufayli shartli ravishda ozod qilingan. U bundan foydalanib, Qirg‘iziston hududini tark etgan.

Qirg‘iziston IIV ma’lumotiga ko‘ra, Batukayev hozirda Chechenistonda noqonuniy qurol saqlagani uchun jazo muddatini o‘tamoqda.

“Jinoiy avtoritet”ga nisbatan jinoiy ishni qayta qo‘zg‘atilganini 17-aprel kuni Qirg‘iziston bosh prokurori Otkurbek Jamshitov ma’lum qildi.

Almazbek Atambayevga mazkur jinoyat ishi yuzasidan so‘roqqa kelish to‘g‘risida uch marta chaqiruv qog‘ozi yuborilgan edi. Qirg‘iziston IIV ta’kidiga ko‘ra, aynan Atambayev Aziz Batukayevni ozod qilish to‘g‘risida farmon bergan. Sobiq prezidentning so‘roq kelishdan bosh tortishi, uni kuch bilan qo‘lga olish maxsus amaliyot bilan yakunlandi.

Yangiliklar lentasi
0