TOShKENT, 11 okt - Sputnik. Navoiy viloyatida IIB xodimi do‘pposlandi.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Xatirchi tumani IIB HPB profilaktika inspektori O‘.X. “Matiz” avtomashinada piyodalar o‘tish yo‘lagida piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtab turgan vaqtida uning orqasida fuqaro A.O‘. o‘z avtomashinada kelib to‘xtatgan.
Fuqaro IIB xodimi yo‘lini to‘sib turganligini vaj qilib, uni urib do‘pposlagan. Natijada unga tan jarohati yetkazgan.
Bunday tashqari, uning qonuniy talablariga bo‘ysinmasdan, faol qarshilik ko‘rsatgan. O‘z avtomashinasida harakatini davom ettirib, IIB xodimining o‘ng oyog‘ini bosib o‘tgan.
Mazkur holat yuzasidan A.O‘.ga nisbatan JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.