Mirziyoyev, Rahmon va Jeenbekov Markaziy Osiyoda terrorizm tarqalmoqda deb aytishdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tish11 oktabrya 2019. Zasedanie Soveta glav gosudarstv Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG).
11 oktabrya 2019. Zasedanie Soveta glav gosudarstv Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG). - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston prezidentlari Markaziy Osiyoda ekstremistik g‘oyalar tarqalishi masalasini ko‘tarishdi.

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. MDH davlat rahbarlari sammitida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari Markaziy Osiyoda ekstremistik g‘oyalar tarqalishi masalasini ko‘tarishdi, deb xabar qildi BELTA nashri.

 Prezident RF Vladimir Putin na seremonii sovmestnogo fotografirovaniya Soveta glav gosudarstv Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG). Sleva napravo: prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev, premyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan, prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko, prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev, prezident Kirgizii Sooronbay Jeenbekov, p.rezident, predsedatel kabineta ministrov Turkmenii Gurbanguli Berdimuxamedov. Sprava nalevo: predsedatel Ispolnitelnogo komiteta - ispolnitelniy sekretar Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG) Sergey Lebedev, prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev, prezident Tadjikistana Emomali Raxmon i prezident Moldavii Igor Dodon. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2020-yilda MDHda raislik qiladi

Birinchi bo‘lib so‘zga chiqqan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon o‘z nutqida Markaziy Osiyo davlatlaridagi ichki xavflarga alohida e’tibor qaratdi.

“Bu ekstremistik mafkuraning tarqalishi, shuningdek, Yaqin Sharqdagi harbiy operatsiyalar zonalaridan MDH davlat fuqarolari qaytishi hisobiga tahdid mavjud”, - dedi Tojikiston yetakchisi.

Tojikiston prezidenti Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev terrorizm tahdidi chegaralarni yuvib tashlamoqda deb aytdi. Terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik va narkotrafikka samarali qarshi turish uchun davlatlar o‘rtasida yaqin hamkorlik zarur.

“Bugun Afg‘onistonda ro‘y berayotgan barcha voqealar bizni juda tashvishlantiradi. “Demokratik” saylovlar qanday yakun topishi va bu bizga qanday natijalarni olib kelishi tashvishlantiradi”, - dedi Mirziyoyev.

Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov hamkasblarini qo‘llab-quvvatladi.

Tureskie voyska v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Suriyadagi harbiy amaliyotda bir nafar turk askari halok bo‘ldi

“Bunday vaziyatda MDH davlatlari xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarur. Ayniqsa, chegara xavfsizligi va uni himoya qilish sohasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega”, - deb ta’kidladi Qirg‘iziston yetakchisi.

Qirg‘iziston prezidenti MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari hamkorligini kengaytirish va takomillashtirishni taklif qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu tahdidga yangi xavfni qo‘shish mumkinligini ta’kidladi. U Suriyaning shimoliy-sharqidan Turkiya harbiy operatsiyasi natijasida kurdlar tomonidan ushlab turilgan jangarilar qochishi mumkinligini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0