Mahsulotlarni tekshirmasdan sifati to‘g‘risida xulosa bergan laboratoriya xodimlari aniqlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishYayso
Yayso - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda bir guruh laboratoriya xodimlari jami 20500 dona tuxum hamda sut va sut mahsulotlarini tamagirlik yo‘li bilan olib kelganliklari aniqlangan.

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Toshkentda bir guruh laboratoriyasi xodimlari jami 20500 dona tuxum hamda sut va sut mahsulotlarini tamagirlik yo‘li bilan olib kelganliklari aniqlangan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi xodimlari tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan. Unda “Navro‘z dehqon bozori” AJ hududidagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bozor hududida tuxum, sut va sut mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlarga, laboratoriya tekshiruv o‘tkazmasdan, har kuni mahsulot sifati tekshirilganligi to‘g‘risidagi xulosani berganigani aniqlangan.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Bank xodimlari tadbirkorga ajratilgan kreditni o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi

Shuningdek, ulardan veterinariya-sanitariya ekspertizasi o‘tkazish qoidalarida ko‘zda tutilgan normalardan ortiqcha mahsulotlar olib, 2019-yilning avgust oyiga qadar jami 20500 dona tuxum hamda sut va sut mahsulotlarini tamagirlik yo‘li bilan olib kelganliklari aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan laboratoriya xodimlariga nisbatan JKning 214-moddasi bilan (Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harkatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0