O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi

Obuna bo‘lish
Deputatlarning fikricha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatning turistik salohiyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan islohotlarni to‘la-to‘kis yuritilishiga huquqiy kafolat yaratadi.

TOShKENT, 1 okt – Sputnik. O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi.

Ushbu masala Oliy Majlis qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, qator xorijiy mamlakatlarning jinoyatchilikka doir qonun hujjatlarini o‘rganish mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik yo‘qligini ko‘rsatmoqda.

V aeroportax i na vokzalax Uzbekistana poyavilis punkti prokata planshetov dlya turistov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda sayyohlar maxsus planshetlarni ijaraga olishlari mumkin

Bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 224-moddasini dekriminalizatsiya qilish zururatini keltirib chiqarmoqda.

“Shuningdek, milliy qonunchiligimiz tahlili va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar statistikasi respublikamiz fuqarolari, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ma’muriy javobgarlik choralarini differensiatsiya qilishni taqozo etapti”, - deyiladi xabarda.

Shundan kelib chiqib, mazkur qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni liberallashtirishga qaratilgan tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda.  

Deputatlarning fikricha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi vakolatli davlat organlari tomonidan mazkur toifadagi ishlarning tezkor ko‘rib chiqilishini ta’minlashga, shuningdek, mamlakatning turistik salohiyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan islohotlarni to‘la-to‘kis yuritilishiga huquqiy kafolat yaratadi.

Yangiliklar lentasi
0