Rossiyada sun’iy go‘sht yaratildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishObrazes kultiviruyemogo masa, virashennogo v laboratorii gennoy injenerii v Ochakovskom kombinate pishevix ingrediyentov (OKPI) v Moskve.
Obrazes kultiviruyemogo masa, virashennogo v laboratorii gennoy injenerii v Ochakovskom kombinate pishevix ingrediyentov (OKPI) v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadqiqot ishlari 2-yil mobaynida olib borilgan. Sun’iy go‘shtning ilk 40 grammini yetishtirish uchun 900 ming rubl (14 ming dollar) sarflangan.

TOShKENT, 24 sen - Sputnik. Rossiyalik olimlar laboratoriya sharoitida sun’iy go‘sht yaratdi.

Tadqiqot ishlari 2-yil mobaynida olib borilgan. Sun’iy go‘shtning ilk 40 grammini yetishtirish uchun 900 ming rubl (14 ming dollar) sarflangan.

Korovi cherno-pestroy porodi na plemennom zavode  - Sputnik O‘zbekiston
Go‘sht narxi nega oshdi – rossiyalik mutaxassislar javobi

Ta’kidlanishicha, agar ushbu mahsulotning huquqiy maqomi hal qilinsa, 2023-yilga kelib u Rossiya do‘konlari peshtaxtalarida paydo bo‘lishi mumkin.

Kombinat ekspertlarining fikriga ko‘ra, 5-yildan so‘ng xaridorlar sun’iy go‘shtning bir kilosini chakana narxda 800 rublga (12,5 dollar) sotib olishlari mumkin bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, sun’iy go‘sht inson uchun xavfsiz. U tabiiy go‘shtga nisbatan ikki baravar uzoqroq muddatda saqlanadi. Bunday go‘sht 2-3 kunlik sara zotli “Aberdin-Angus” buzoq mushak to‘qimalarining kichik qismidan olinadi.  Hujayralar hujayralarning o‘sishi va bo‘linishini ta’minlash uchun oziqlantiruvchi muhitga joylashtiriladi.

Go‘shtni yetishtirish jarayonida hal qiluvchi masala atrof-muhitning to‘g‘ri tarkibini tanlashdir. U hujayra bo‘linishini qo‘llab-quvvatlashi, eng muhimi, mahsulotga real ta’m, rang va hid berishi kerak. Muhit aminokislotalar, vitaminlar, tuzlar, glyukoza, biriktirma va o‘sish omillaridan tashkil topgan geldan iboratdir.

Ivan Sauer - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shnilarda yo‘q, tovuqlar esa yordam bermaydi: ekspert O‘zbekistondagi go‘sht muammosi haqida

“Aynan muhit sun’iy go‘sht yetishtirish jarayonida eng qimmat birikmalardan biri sanaladi. U hujayralarni yetishtirish narxiga ta’sir ko‘rsatadi”, - deya “Ochakov oziq-ovqat birikmalari kombinati” direktori Aleksandr Savkov so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Avvalroq Rossiya Mol go‘shti ishlab chiqaruvchilar milliy assotsiatsiyasi bosh direktori Roman Kostuk Sputnik muxbiriga O‘zbekistonga qanday chorvachilik modeli kerakligi xususida o‘z fikrlarini bayon qilgan edi. Uning ta’kidlanishicha, bugun O‘zbekistonga professional semirtirish va so‘yish bazalari kerak. O‘shanda kichik fermer xo‘jaliklari mo‘’tadil daromad bilan ta’minlangan bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0