TOShKENT, 14 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qo‘qonda Hunarmandlar festivalining ochilish marosimida so‘zga chiqib, Festival mehmonlari va tashkilotchilariga minnatdorlik bildirdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Shavkat Mirziyoyev Hunarmandlar festivali uchun Qo‘qon shahri tanlangani bejiz emasligini ta’kidlab, uning qadimiy Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgani, 2000-yillik shonli tarixga va so‘lim tabiatga ekanligi hamda ushbu shaharda buyuk allomalar, shoiru va san’at ustalari yetishib chiqqanini aytib o‘tdi.
Xususan, prezident, Ahmad Farg‘oniy, Burhoniddin Marg‘iloniy, Zahiriddin Bobur, Boborahim Mashrab, Nodirabegim, Uvaysiy, Muqimiy va Furqat nomlarini sanab o‘tdi.
Undan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona vodiysi haqiqiy hunarmandlar makoni sifatida keng tanilganini qayd etdi. Masalan, Marg‘iolon atlasi, Rishton kulolchilik san’ati, Qo‘qon naqqoshlk va yog‘och o‘ymakorlik san’ati butun dunyoga tanilganin.
Undan tashqari, prezident o‘z tabrik so‘zida prezident Qo‘qon shahrining Dunyo hunarmand shaharlar ro‘yatiga kiritilganini alohida qayd etib o‘tdi. Ushbu munosabat bilan Shavkat Mirziyoyev o‘z nomidan va o‘zbek xalqi nomidan Xalqaro Hunarmandlar ittifoqiga chukur minnatdorlik bildirdi.