TOShKENT, 4 sen - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Twitterda Eron kosmik kemasi halokati aks etgan suratni chop etib, maxfiy sputnik sirini ochib qo‘ydi, deb xabar qilmoqda Forbes nashri.
The United States of America was not involved in the catastrophic accident during final launch preparations for the Safir SLV Launch at Semnan Launch Site One in Iran. I wish Iran best wishes and good luck in determining what happened at Site One. pic.twitter.com/z0iDj2L0Y3
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) 30 avgusta 2019 g.
"Eronning Semnan One uchirish maydonchasida yuz bergan Safir SLV kosmik kemasining halokatiga AQShning aloqasi yo‘q. Men Eronga eng yaxshi niyatlarimni bildiraman va Birinchi bosqichda sodir bo‘lgan nosozlikni aniqlashda muvaffaqiyat tilayman", - deb yozgan AQSh prezidenti o‘z tvitterida.
Fotosurat chop etilganidan so‘ng, uni astronomlar o‘rganib chiqqan va u yuqori sifatli fotokameraga ega bo‘lgan shpion-sputnik tomonidan suratga olinganini aniqlashgan. Marko Lagbruk fotosurat olingan aniq vaqt va azimutni aniqlaganidan so‘ng “Ushbu surat USA 224 sputniki orqali olinganiga shubham yo‘q”, deb yozdi.
Mutaxassis fikriga ko‘ra, ushbu sputnik Yer sharining eng tiniq fotosuratlarini olishi mumkin. USA 224 sputnikida Xabbl teleskopida o‘rnatilgani kabi, 2,4 metrli oynaga ega bo‘lgan obyektiv o‘rnatilgan. Uning yordamida yer yuzida o‘lchami 10sm bo‘lgan jismlarni ham farqlash mumkin.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda mavjud bo‘lgan tijorat sputniklari faqat 30 sm jismlarni farqlay oladi.
USA 224 – AQShning KH-11 nomli optik-elektron shpion sputniklar oilasiga mansub bo‘lib, u orbitaga 2011-yilda chiqarilgan bo‘lib. Uning qiymati 2 milliard dollarni tashkil qiladi. Bugunga qadar Yer orbitasiga 16ta ana shunday sputnik uchirilgan.