O‘zbekistonda chiptani onlayn qaytarib olish imkoniyati paydo bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVokzal "Tashkent-Yujniy" posle rekonstruksii
Vokzal Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgari chiptalarni qaytarish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri “O‘ztemiryo‘lovchi” AJga murojaat qilish, pasportni taqdim etish, turli hujjatlarni to‘ldirish kerak edi.

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. O‘zbekistonda E-ticket elektron chiptalarini sotish bo‘yicha yangi tizim ishga tushirildi. Endi Internet orqali ichki va xalqaro temir yo‘l chiptasini masofadan xarid qilish mumkin.

Poyezd, sostoyashiy iz vagonov Tұlpar-Talgo - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent va Olmaota o‘rtasidagi tezurar poyezdi chiptalari arzonlashadi

“Bundan tashqari, agar kerak bo‘lsa, sotib olingan chiptani onlayn ravishda qaytarib olishingiz mumkin. Bu yangi xususiyat – yangi tizimning asosiy afzalliklaridan biridir. Ilgari chiptalarni qaytarish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri “O‘ztemiryo‘lovchi” AJga murojaat qilish, pasportni taqdim etish, turli hujjatlarni to‘ldirish kerak edi”, - deyiladi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabarida.

Qayd etilishicha, to‘lovga milliy to‘lov tizimlarining kartalaridan vaqtincha qabul qilinadi. Yaqin kelajakda Visa va MasterCard xalqaro to‘lov tizimlari orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0