O‘zbekistonda 100 yoshdan oshganlarga medal berildi

Obuna bo‘lish
Xususan, 11 nafar O‘zbekistonning turli viloyatlarida, shu jumladan, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, bir asrdan ko‘p umrni ko‘rib qo‘ygan keksa yoshdagi fuqarolar "Shuhrat" medali bilan taqdirlanganlar

TOShKENT, 30 avg - Sputnik. O‘zbekistonda 100 yoshdan oshgan qariyalar Mustaqillik bayrami arafasida "Shuhrat" medali bilan taqdirlandilar, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Perviy zamestitel predsedatelya Senata Oliy Majlisa Sadik Safayev - Sputnik O‘zbekiston
Sodiq Safoyev orden bilan taqdirlandi

Xususan, 11 nafar O‘zbekistonning turli viloyatlarida, shu jumladan, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, bir asrdan ko‘p umrni ko‘rib qo‘ygan keksa yoshdagi fuqarolar "Shuhrat" medali bilan taqdirlanganlar.

Prezident farmonida keksa yoshdagi bu kishilarning ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnati, jamiyatda millatlararo do‘stlik va totuvlikni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda faol ishtiroki alohida ta’kidlab o‘tilgan.

Ilgariroq, vatan mustaqilligini mustahkamlash, xalq madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish, milliy g‘oyani rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, yorqin iste’dodi va serqirra ijodi uchun fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari xodimlaridan bir guruhi mukofotlanganligi haqida xabar e’lon qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0