Mirziyoyev kadrlarni almashtirdi

Obuna bo‘lish
Mustaqillik ayyomi arafasida O‘zbekiston rahbari qator tayinlovlarni amalga oshirdi.

TOShKENT, 30 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir nechta muhim tayinlovlarni amalga oshirdi. Bu haqda prezident farmoni e’lon qilingan.

Ministr zanyatosti i trudovix otnosheniy Uzbekistana Sherzod Kudbiyev - Sputnik O‘zbekiston
Aholiga ish topib berish borasida ishlarimiz qoniqarsiz – Kudbiyev

Xususan, hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Avvaliga eng yosh vazir o‘rinbosari, so‘ngra Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashi rahbari o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan Alisher Sa’dullayev esa farmonga binoan O‘zbekiston prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

O‘zbekiston prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari bo‘yicha maslahatchisi Umar Ismailov ham o‘z vazifasidan ozod etilgan hamda O‘zbekiston prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Yangiliklar lentasi
0