Toshkentda “ZIL” yuk avtomobili yonib ketdi

© MChS Uzbekistana Na AGNKS v Tashkente proizoshel porjar - foto
Na AGNKS  v Tashkente proizoshel porjar - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bektemir tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi.

TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Joriy yil 25-avgust kuni soat 19:11 da Toshkent shahri Bektemir tumani Oxangaron shox ko‘chasida joylashgan “Gulsara Lyuks” MChJga qarashli Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Pojar v Mirzo-Ulugbekskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi kichik sanoat zonasida yirik yong‘in yuz berdi

Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yuborilgan. Bo‘linmalar voqea joyiga soat 19:15 da yetib borgan va yong‘in soat 19:24 da bartaraf etilgan. Yong‘inni keng maydonga tarqalib ketishi oldi olingan. Yong‘in oqibatida AGTKSh hududida “ZIL” rusumli yuk avtomobilining motor va salon qismlari yonib zararlangan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0