“Maqtanchoq” Chimkent hokimi ishdan olindi – video

© Sputnik / Vladislav Vodnev Akim goroda Shimkent Gabidulla Abdraximov na zasedanii
Akim goroda Shimkent Gabidulla Abdraximov na zasedanii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Londonda Chimkent hokimi G‘abidulla Abdrahimov olgan video murojaatdan so‘ng egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayevning farmoyishi asosan Chimkent shahar hokimi G‘abidulla Abdrahimov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Pauk-karakurt - Sputnik O‘zbekiston
Chimkent aholisiga qoraqurtlar hujum qilmoqda

Sputnik Qozog‘iston yozishicha, bir necha kun oldin Abdrahimov Londonga amalga oshirgan xizmat safari vaqtida tasvirga olgan videoni tarmoqqa joylashtirgan.

U vatandoshlariga salom aytib, quyidagilarni aytadi: “London – bu dunyo poytaxti, albatta buni isbotlash shart emas. Men baribir ko‘proq Qozog‘istonni yaxshi ko‘raman. Qozog‘istonda yashash va ishlash kerak, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab sayyohat qilish zarur”.

Hokim Qozog‘iston yoshlariga vatanda samarali ishlash va butun dunyo bo‘ylab sayyohat qilishni tavsiya qilgan.

Internet foydalanuvchilari esa amaldorni maqtanchoqlikda aybladi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Gabidulla Abdrakhimov (@gabidullaabdrakhimov)

Qozog‘iston prezidenti administratsiyasi rahbari Krimbek Kusherbayevning Abdrahimovning harakatlari yuzasidan fikr bildirdi.

“Bugungi kunda Abdrahimovga bildirilgan siyosiy ishonch tugadi”, - dedi Kusherbayev.

Yangiliklar lentasi
0