Abdulla Aripov davlat muassasalarining  matbuot xizmatlarini tanqid qildi

© NOKAbdulla Aripov
Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bo‘lib o‘tayotgan voqealar haqida aholiga tezkor va muntazam xabar bermagan mansabdor shaxslarga nisbatan chora ko‘riladi.

TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. Bugun bosh vazir Abdulla Aripov raisligida davlat organlari matbuot xizmatlari faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Saida Mirziyoyeva Facebookda.

“Yig‘ilishda davlat organlarining axborot faoliyatidagi kamchiliklari ko‘rsatib o‘tildi, matbuot xizmatlarining ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlardagi ishtiroki sustligi qayd etildi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, davlat muassasalari matbuot xizmatlari sust ishlashi oqibatida, olib borilayotgan islohotlarning mohiyati hamda prezident va hukumat qarorlarining ahamiyati va asosiy mazmuni ichki va xorijiy auditoriyaga to‘liq yetkazilmotgani qayd etildi.

Saida Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Saida Mirziyoyeva davlat organlari matbuot xizmatlari faoliyatini tanqid ostiga oldi

Ushbu munosabat bilan, selektor yig‘ilishda axborot sohasidagi yagona davlat siyosati konsepsiyasini tez fursatda qabul qilish,  matbuot xizmatlarining media makonidagi ishtirokini kengaytirish, ular huzurida ekspertlar va jurnalistlar guruhlarini tashkil etish, rezonansli voqealar ro‘y berganda davlat organlari rahbarlarining tezkor chiqishlarini uyushtirish, aholini xabardor qilish masalasiga e’tiborsiz bo‘layotgan mansabdor shaxslarga nisbatan chora ko‘rish mexanizmini ishlab chiqish yuzasidan takliflar bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, 27-iyun kuni O‘zbekiston prezidentning matbuot xizmatlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan edi. Ushbu qarorda, jahonda kechayotgan axborot qarama-qarshiligi sharoitida matbuot xizmatlarining birinchi axborot  manbai sifatida davlat axborot siyosatini amalga oshirishdagi o‘rnining muhimligi qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0