Mavzular, maqsadlar va faktlar: Mirziyoyevning Belarusga birinchi rasmiy tashrifi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaAktivniy dialog: Mirziyeyev vstretilsya s Lukashenko v Pekine
Aktivniy dialog: Mirziyeyev vstretilsya s Lukashenko v Pekine  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iyul oyi oxirida O‘zbekiston prezidenti Minskka uchadi. Mirziyoyev yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhokamalar o‘tkazadi va hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan amalga oshirilgan ishlar natijasini tahlil qiladi

TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Iyul oyi oxirida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarusga birinchi rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Minskdagi O‘zbekiston elchisi Nosirjon Yusupovga tayangan holda.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Belarus bosh vazirlari hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladilar

Safar 31-iyul kuni boshlanadi va 1-avgustga qadar davom etadi. Bu O‘zbekiston rahbarining Minskka birinchi rasmiy tashrifidir.

Xabarda ta’kidlanishicha, Minskda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlarning ayrim yakunlari tahlil qilinadi va yangi ustuvor loyihalar belgilab olinadi.

Sal oldin Lukashenko Mirziyoyevni unga qulay vaqtda kutayotgani va "do‘st hamda birodar" sifatida qarshi olishga tayyorlini aytgan edi.

Minskda 29-30 iyul kunlari Belarus va O‘zbekiston regionlarining birinchi forumi bo‘lib o‘tadi, unda ikki mamlakat regionlari, vazirlik va idoralari, parlamentlari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etadilar.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin prezident Mirziyoyevning Minskka tashrifi oldidan Belarusda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazilishi hamda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy busti ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0