Rossiyaga meva va savzavotlarni olib kirish qoidalari kuchaytirildi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishSbor fruktov
Sbor fruktov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qoidalar barcha transport vositalar, shuningdek pochta jo‘natmalariga taalluqli bo‘ladi.

TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. Rossiyada 19-avgustdan boshlab chegara orqali qo‘l yukida meva, sabzavot va gullarni olib o‘tishni tartibga soluvchi yangi qoidalar kuchga kiradi.

Chereshnya na prilavke munitsipalnogo fermerskogo rinka Merkado dosh Lavradoresh v gorode Funshal na ostrove Madeyra. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan Rossiyaga 5 kilogramgacha meva olib kirishga ruxsat berildi

Yangi qoidalarga ko‘ra, endi Rossiyaga kirishda yoki mamlakatdan chiqishda yo‘lovchilar qo‘l yukida besh kilodan ortiq bo‘lmagan miqdorda meva va sabzavotlarni olib kirishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, uch guldastadan ko‘p bo‘lmagan gullar olib kirishi yoki olib chiqishiga ruxsat etiladi, bunda har bir guldastada 15 tadan ortiq gul (barg yoki o‘simlikning boshqa qismlari) olib o‘tishga ruxsat beriladi.  

Yirik partiyalar uchun chegarada fitosanitariya sertifikatlari kerak bo‘ladi. Agar ular bo‘lmasa – egasi hisobidan tovarlar ortga qaytariladi yoki yo‘q qilinadi.

Bu ayniqsa yuqori fitosanitariya xavfli mahsulotlar: xurmo (finik), anjir, ananas, avokado, guava, mango, mangustin, olcha, gilos, shaftoli, olxo‘ri va sitrus mevalar tegishli.

Bundan tashqari, cheklovlarga do‘kkakli, yong‘oq va sabzavotlar: pomidor, turli karamlar, lavlagi, sholg‘om, redis, bodring, turli xildagi piyoz va qulupnaylarga taalluqli.

Bu qoidalar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoq bojxona chegarasini kesib o‘tuvchi barcha transport vositalar, suv, avia, temir yo‘l va avtotransport, shuningdek, kema, samolyot, vagon-restoran ekipaj a’zolariga taalluqli bo‘ladi.

Yangi qoidalar pochta jo‘natmalariga ham tegishli bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Rosselxoznadzor 5-martda O‘zbekistondan qo‘l yukida umumiy vazni besh kilodan ortiq bo‘lmagan miqdorda meva, sabzavot va quruq mevalarni olib kirish bo‘yicha ko‘p yillik taqiqni bekor qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0