Atambayev kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘lga olinadimi - voqea joyidan reportaj

© Sputnik / Nuris AlimbayevKak storonniki Atambayeva gotovatsya k yego vozmojnomu "zaxvatu"
Kak storonniki Atambayeva gotovatsya k yego vozmojnomu zaxvatu  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Atambayevning jamoatchilik asosida ishlaydigan maslahatchisi o‘zining Facebookdagi sahifasida huquq-tartibot organlari xodimlari mamlakat sobiq rahbarini kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘lga olishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi

TOShKENT, 19-iyul - Sputnik. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev uyi hududida joylashgan xalq shtabida Atambayevning kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘lga olinishiga qarshi tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Hozirda siyosatchining 200 nafar tarafdori ushbu shtabda bo‘lib turmoqda. Sputnik Qirg‘iziston xabari asosida.

© Sputnik / Nuris AlimbayevKak storonniki Atambayeva gotovatsya k yego vozmojnomu "zaxvatu"
Atambayev kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘lga olinadimi - voqea joyidan reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Kak storonniki Atambayeva gotovatsya k yego vozmojnomu "zaxvatu"

Kuni kecha, 18-iyul kuni Atambayevning jamoatchilik asosida ishlaydigan maslahatchisi Kunduz Joldubayeva militsiya uni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘lga olishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.

Atambayev uchinchi marta IIVga chaqirtirildi >>>

Sal vaqt o‘tib, IIV matbuot-xizmati bu xabarni rad etdi va bunday buyruq bo‘lmaganini ma’lum qildi.

© Sputnik / Nuris AlimbayevKak storonniki Atambayeva gotovatsya k yego vozmojnomu "zaxvatu"
Atambayev kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘lga olinadimi - voqea joyidan reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Kak storonniki Atambayeva gotovatsya k yego vozmojnomu "zaxvatu"

Ayni vaqtda Atambayevning uyiga kiraverishda o‘nlab avtomobillar joy olgan, ikkinchi kirish joyi yuk mashinasi bilan to‘silgan, sobiq prezident uyining ikkinchi qavati derazalari qum to‘la qoplar bilan to‘sib qo‘yilgan. Xalq shtabidagilarning aytishiga ko‘ra, hozirda Atambayev tarafdorlari kelishi kutilmoqda, ular orasida ot minganlari ham bo‘lishi qo‘shimcha qilingan.

Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev mamlakatni bir necha kunga tark etishi mumkinligini istisno qilmadi

Eslatib o‘tamiz, Almazbek Atambayevga so‘roqqa kelish haqidagi birinchi chaqiruv qog‘ozi 9-iyulda kelgan. Biroq sobiq prezident so‘roqqa borishdan bosh tortib, chaqiruv qog‘ozini hatto qo‘liga olmasligini aytgan. 

Qirg‘iziston parlamenti 20-iyun kuni maxsus komissiya tomonidan tayyorlangan Atambayevga qarshi ayblovlar ro‘yxatini prokuraturaga topshirdi. Xulosaga ko‘ra, Atambayev bir nechta jinoyatlarni sodir etishda gumonlanmoqda. Agar sud sobiq prezidentni aybdor deb topsa, u umrbod qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin.

Atambayev o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlar "safsata"dan boshqa narsamasligini ma’lum qilib, "men xalqqa halol xizmat qilganman", deya ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0