AQSh senatori FaceApp dasturi yuzasidan Federal tergov burosiga maktub tayyorladi

© AFP 2023 / Roger BoschDevushki delayut selfi pered nachalom skachek Met horse race v Keyptaune, YuAR
Devushki delayut selfi pered nachalom skachek Met horse race v Keyptaune, YuAR - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoyi tarmoq odamlarning “keksayib qolgan” fotosuratlar bilan to‘lib ketdi. Butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar FaceApp dasturida qayta ishlangan fotolarni e’lon qilishmoqda. Ular orasida mashhur odamlar ham kam emas.

TOShKENT, 18-iyul – Sputnik. AQSh Kongressi senatori Chak Shumer Rossiyada ishlab chiqilgan FaceApp dasturi yuzasidan Federal tergov burosi va Federal savdo komissiyasiga maktub tayyorladi. Senator fikriga ko‘ra, bu dastur AQSh milliy xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.

Xatni senator Twitter-akkauntida joylashtirdi.

FaceApp foto-ilova Rossiyaning Wireless Lab kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu dastur yordamida neyron texnologiyalari yordamida foto-suratlarni o‘zgartirishi mumkin. Xususan, suratda odamning soch turmagini, jinsi, yoshini o‘zgartirishi mumkin. Dastur internetda ommalashib ketdi – butun dunyo bo‘ylab internet foydalanuvchilari qayta ishlangan suratlarni joylashtirishmoqda. Ular orasida ko‘plab mashhur odamlar ham kam emas.

“FaceApp foydalanuvchilarning fotolarini o‘zgartirish uchun ularni yosh yoki keksaytirib ko‘rsatish uchun sun’iy aqldan foylanadi. Biroq, bu dasturdan foydalanish maqsadida odamlar kompaniyaga o‘zlarining shaxsiy fotosuratlari va ma’lumotlarini taqdim etishi zarur”, - deyilgan Shumer murojaatida.  

Messendjer Telegram na ekrane telefona - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada Telegram'da yozishmalarni o‘qiy oladigan josus-dastur aniqlandi

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu dasturdan olingan barcha fotosuratlar foydalanuvchining ruxsatisiz kelgusida foydalanilishi mumkin.

“FaceApp milliy xavfsizlikka va millionlab Amerika fuqarolarining ma’lumotlari daxlsizligiga tahdid solishi mumkin, - deb yozgan Shumer.

Shu o‘rinda Wireless Lab kompaniyasi TechCrunch onlayn-portalga tushuntirish berdi. Unda aytilishicha, faqat rasmda aks etgan foydalanuvchi tomonidan tanlangan fotosurat qayta ishlash uchun kompaniya serverlariga kelib tushadi.

“Suratlarning katta qismi 48 soat ichida serverlardan o‘chiriladi”, - deyilgan Wireless Lab bayonotida.

Yangiliklar lentasi
0