Rashid Qodirov sheriklari ichida nega eng kam jazo olganiga izoh berildi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishPodsledstvenniy v SIZO "Matrosskaya tishina"
Podsledstvenniy v SIZO Matrosskaya tishina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy sud Rashid Qodirov sheriklari ichida eng kam qamoq muddatini olgani sababini tushuntirdi.

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Oliy sud Rashid Qodirov sheriklari ichida eng kam qamoq muddatini olganiga izoh berdi.

Sudebniy molotok, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Sud sobiq bosh prokurorni 10-yilga qamadi

O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovga 10-yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangandan so‘ng ayrim ommaviy axborot vositalari va ularning o‘quvchilarida nima uchun unga jinoiy sheriklariga nisbatan yengilroq jazo tayinlangani borasida savol paydo bo‘ldi.

“Rashid Qodirovga nisbatan tayinlangan jazoga qaytadigan bo‘lsak, qayd etish joizki, hukm chiqarilayotganida sud amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilgan. Ya’ni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 50-moddasi 6-qismiga muvofiq “Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga hamda oltmish yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish eng ko‘p muddatining uchdan ikki qismidan ortiq bo‘lishi mumkin emas”. Rashid Qodirov hukm chiqarish vaqtida 60 yoshdan oshganligini hisobga olsak, sudlanuvchiga nima sababdan yuqoridagi jazo tayinlangani oydinlashadi”, - deyiladi Oliy sud axborotida.

Rashid Qodirovga nisbatan hech qanday qiynoq qo‘llanilmagan – Bosh prokuratura

Eslatib o‘tamiz, 26-iyun kuni jinoyat ishlari sud hukmi bilan O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirov (1952 y.t.) va boshqalarga oid (jami 13 nafar shaxs) jinoyat ishi bo‘yicha ayblov hukmini e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Rashid Qodirov Jinoyat kodeksining qator moddalarida ko‘zda tutilgan bir nechta og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topildi. Unga 10-yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0