Aris fojiasi: halok bo‘lgan kishilarning soni ko‘paydi

© Sputnik / Aleksandr Paniotov / Mediabankka o‘tishKupol mecheti
Kupol mecheti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonning Aris shahrida portlashlar oqibatida yana bir harbiy xizmatchi Nurlan Axmetov halok bo‘ldi.

TOShKENT, 26-iyun – Sputnik. Qozog‘istonning Aris shahrida portlashlar oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.

V bolnitse - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istondagi portlashda jarohatlangan 89 kishi shifoxonaga yotqizildi

Sputnik Qozog‘iston ma’lum qilishicha, shartnoma asosida harbiy xizmat o‘tagan Nurlan Axmetov Chimkentda shifoxonada halok bo‘ldi.

Bundan avval ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi – shaharda istiqomat qilgan fuqaro, uning mashinasiga snarad kelib tushdi va harbiy xizmatchi Bauirjon Alimbekov – uning jasadi harbiy qism hududida topildi.

24 iyun kuni ertalab Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda yong‘in yuz berdi, keyinchalik omborxonada o‘q-dorilar portlashi sodir bo‘ldi.

Ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ta’kidlanishicha, 165 kishi tibbiy yordam uchun murojaat qildi, 89 kishi shifoxonaga yotqizildi, ulardan 15 nafari jonlantirish bo‘limida. Shahar aholi evakuatsiya qilindi.

Yangiliklar lentasi
0