Yosh oilalarga imtiyozli asosda kredit berish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

© SputnikKupuri nomiralom patdesat tisach sumov
Kupuri nomiralom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mikrokredit - yosh oilalarga bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan oshmaydigan miqdorda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan pul mablag‘lari, deyilgan hujjatda.

TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. Markaziy bank “Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” idoralararo qaror loyihasini tayyorladi.

Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Naqd pul, virtual kassa va go‘sht: yangi qaror loyihasi tayyorlandi

Qaror loyihasiga ko‘ra, Markaziy bankining 2007-yil 9 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilgan.

Loyihada mikrokredit tushunchasi yangi tahrirda bayon etish taklif etilgan.

“mikrokredit - yosh oilalarga  bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan oshmaydigan miqdorda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan pul mablag‘lari”, - deyilgan hujjatda.

Qarorning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etish:

“Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga beriladigan ipoteka krediti kredit resurslari manbasidan qat’i nazar, quyidagi miqdorlarda beriladi:

yakka tartibdagi uy-joyni qurilishi va sotib olish uchun - qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 3000 baravarigacha;

yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish, shuningdek ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun - qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 2500 baravarigacha.

Qarorda aytilishicha, hujjat 2019-yil 1-sentabrdan e’tiboran kuchga kirishi mumkin.

Loyiha 10-iyulgacha muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0