ODKB Markaziy Osiyoda oshib borayotgan teraktlar xavfi haqida ma’lum qildi

© Sputnik / Laura SarkisyanSovmestnoe zasedanie SMID, SMO i KSSB ODKB v Yerevane
Sovmestnoe zasedanie SMID, SMO i KSSB ODKB v Yerevane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sultonovning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi xavfsizlikka rahna solayotgan asosiy xatarlar Afg‘onistonning shimoliy provinsiyalaridan kelmoqda

TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. Markaziy Osiyoda teraktlar xavfi sezilarli oshdi, dedi seshanba kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari Alimbek Sultonov.

Prezident RF V. Putin provel soveshanie s chlenami pravitelstva RF - Sputnik O‘zbekiston
Putin: terrorchilarning Rossiyaga kirishga urinishlarini keskin to‘xtatish lozim

"So‘nggi vaqtlarda Markaziy Osiyoda teraktlar xavfi anchayin oshdi", - dedi u Bishkekda o‘tkazilayotgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarining aksilterrorga bag‘ishlangan forumida.

Sultonovning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi xavfsizlikka rahna solayotgan asosiy xatarlar Afg‘onistonning shimoliy provinsiyalaridan bo‘lmoqda. U yerda terroristik uyushmalar hamda Suriyadan o‘z vataniga qaytayotgan jangarilar faollashuvi kuzatilmoqda.

Sultonovning so‘zlariga ko‘ra, terrorizmga qarshi kurash muvaffaqiyatli kechishi uchun ODKBga a’zo barcha mamlakatlar xabardor organlari sayi-harakatlarini birlashtirish, o‘zaro tajriba va axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish lozim.

Yangiliklar lentasi
0