Poroshenkoga qarshi beshinchi jinoiy ish qo‘zg‘atildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPredvibornaya poyezdka P. Poroshenko vo Lvovskuyu oblast
Predvibornaya poyezdka P. Poroshenko vo Lvovskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poroshenko 2016-yilda deputatlar fraksiya koalitsiyasini shakllantirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirish va hukumatni noqonuniy tayinlash bo‘yicha ayblov ilgari surildi.

TOShKENT, 19-iyun – Sputnik. Davlat tergov burosi Ukrainaning sobiq prezidenti Potr Poroshenkoga qarshi beshinchi jinoiy ishni qo‘zg‘atdi.

Petr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Sud Poroshenko konstitutsiyani buzganligini tan oldi - OAV

Bu haqda sobiq prezident Viktor Yanukovich administratsiyasi sobiq rahbari o‘rinbosari Andrey Portnov ma’lum qildi.

Poroshenko 2016-yilda deputatlar fraksiya koalitsiyasini shakllantirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirish va hukumatni noqonuniy tayinlash bo‘yicha ayblov ilgari surildi.

Portnovning so‘zlariga ko‘ra, 2015-yil sentabrda “Yevropalik Ukraina” koalitsiyasidan “Radikal partiya” fraksiyasi Oleg Lyashko, 2016-yil fevralda “Batkivshina” va “Samopomosh” partiyalari chiqib ketdi. Buning oqibatida koalitsiya deyarli ish faoliyatini to‘xtatdi – kerak bo‘lgan 226 deputatdan, 217 ta deputat qoldi.

Koalitsiya bo‘lmaganligiga qaramasdan Poroshenko parlamentga bosh vazir va hukumat a’zolarini lavozimga tayinlashni taklif qildi. Bu harakatlar koalitsiya borligi haqida yolg‘on bo‘lgan rasmiy hujjatlarni tayyorlash bilan birga amalga oshirildi.

Bundan avval Poroshenkoga qarshi bir nechta jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi. Sud hokimiyatini noqonuniy olib qo‘yish (uzurpatsiya), “Kuznya na Ribalskom” zavodini sotishda 300 million dollarni qonuniylashtirish, “Sentrenergo” OAJda lavozimlarni taqsimlashdagi harakatlar hamda davlatga xiyonat ayblovi bilan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgandi.

Ukraini sobiq prezidenti Poroshenko bundan qo‘rqmasligini aytgandi.

Yangiliklar lentasi
0