Chetdan olib kelingan 2 dona “Nexia” mashinasi davlat foydasiga musodara qilindi

© Autowp.ruInteryer Deu Neksiya
Interyer Deu Neksiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki dona “Nexia” rusumli avtomashinani ehtiyot qismlarga ajratgan holda O‘zbekiston hududida sotib foyda ko‘rmoqchi bo‘lgan.

TOShKENT, 19-iyun – Sputnik. Farg‘ona viloyatida noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan 2 dona “Nexia” mashinasi davlat foydasiga musodara qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

GM Uzbekistan zapustit proizvodstvo kompaktnogo krossovera Chevrolet Tracker - Sputnik O‘zbekiston
Chevrolet Malibu va Tracker avtomobilini sotib olish bo‘yicha yangi xizmat ishlab chiqildi

Xabarda aytilishicha, Farg‘ona tumani Yoshlarobod qishlog‘i hududida “Nexia” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan N.T to‘xtatilib tekshirilganda uning qilmishi fosh bo‘ldi. 

Aniqlanishicha, 1996-yilda ishlab chiqarilgan mazkur avtomashina kuzov va dvigatel raqamlariga ko‘ra qo‘shni davlatga tegishli ekan.

“N.T ning ko‘rsatmasi asosida uning Farg‘ona shahridagi yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, hovlisida 1 dona “Nexia” rusumli avtomashina turgani, u ham qo‘shni davlatga tegishli transport vositasi ekani ma’lum bo‘ldi.

N.T va A.Q.lar qo‘shni davlatga borib, u yerdagi tanishidan 2 dona “Nexia” rusumli avtomashinani sotib olgan. 600 dollar evaziga aylanma yo‘llar orqali, bojxona nazoratini chetlab, Farg‘ona tumani hududiga olib o‘tgan”, - deyilgan xabarda.  

Ular boshqa avtomashinaning davlat raqamlarini noqonuniy olib o‘tilgan mashinaga taqib qo‘yishgan. 2 dona “Nexia” rusumli avtomashinani ehtiyot qismlarga ajratgan holda O‘zbekiston hududida sotib foyda ko‘rmoqchi bo‘lgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida mazkur avtomashinalar O‘zbekiston hududida ro‘yxatga olinmaganligi, ularning qiymati 44 million 500 ming so‘mni tashkil qilishi aniqlangan. 

Farg‘ona bojxonasi boshqarmasi tomonidan ularga nisbatan ish hujjatlari to‘planib, shahar ma’muriy sudiga yuborilgan.

Sud tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan tegishli jazo tayinlanib, 2 dona “Nexia” rusumli avtomashina davlat foydasiga musodara qilindi. 

Yangiliklar lentasi
0