Roskachestvo eng yaxshi smartfonlar reytingini yangiladi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishStart prodaj v Rossii flagmanskix smartfonov Huawei
Start prodaj v Rossii flagmanskix smartfonov Huawei - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Huawei P30 va P30 PRO Rossiyaning eng yaxshi smartfonlar reytingi top 10taligiga kirdi.

TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. Roskachestvo ayni damda Rossiya bozorlarida sotilayotgan eng yaxshi smartfonlar reytingini yangiladi, deb xabar qilmoqda tashkilot rasmiy sahifasi.

Tovushi o‘chirilgan smartfon ham miya faoliyatiga xalal beradi

Yangilangan reytingda, bir necha muhim o‘zgarishlar yuz bergan. Xususan, smartfonlarni baholash tizimi o‘zgartililgan: smartfon kamerasi sifatiga eng yuqori baho – 25 ball, ekraniga  - 20 ball va ishlash tezligiga – 15 ball belgilangan. Ushbu o‘zgarishlar tufayli Huawei P30 va P30 PRO Eng yaxshi smartfonlar top 10taligiga kirdi.

Smartfonlarning qolgan xususiyatlari quyidagicha baholangan: musiqa sifati – 10, batareya – 7,5, qo‘ng‘iroqlar sifati, mustahkamligi, foydalanish qulayligi, navigatsiya va qo‘shimcha funksiyalari uchun - 5 balldan berilgan.

2019 yilning yozida o‘tkazilgan tadqiqotlarni Roskachestvo Xalqaro iste’molchilar assotsiatsiyasi (ICRT) bilan birgalikda o‘tkazgan. Shunday qilib bugungi kunga qadar sinovdan o‘tkazilgan smartfonlar soni 451taga yetgan.  Laboratoriya sharoitida smartfonlarning 231 xususiyatlari tekshirilib ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Shunday qilib, 2019-yilning 18-iyun holatiga Roskachestvoning eng yaxshi smartfonlar reytigi quyidagicha:

  1. Samsung Galaxy S10+
  2. Samsung Galaxy S10
  3. Samsung Galaxy Note 9
  4. iPhone XS Max
  5. Huawei P30
  6. Samsung Galaxy S10e
  7. iPhone XS
  8. Huawei P30 Pro
  9. Samsung Galaxy S9+
  10. Samsung Galaxy S9

Top 10talikka kirmagan, lekin juda sifatli bo‘lgan yana bir necha samrtfonlarni qayd etgan. Ular orasida xususan, Huawei Honor, Samsung Galaxy M, Sony va Xiaomi modellari bor.

Sotoviy telefon - Sputnik O‘zbekiston
Mobil telefon buzilishiga olib keladigan odatlar – ekspertlar maslahati

Masalan Samsung Galaxy M20 o‘rtacha narxda sotilayotgan sifatlari smartfonlar orasida eng yaxshilaridan biri bo‘lishi mumkin. Uning korpusi juda mustahkam, batareyasi 33 soat faol ishlashga yetadi. Samsung Galaxy A70 bo‘lsa o‘zining sifatli ekrani va tovush sifati bilan ajralib turadi. Sony Xperia 10 va Xperia 10Plus modellari juda mustahkam korpusli hamda suvga bardoshli ekanliklarini namoyish qilgan.

Roskachestvo - Rossiya hukumati huzurida tashkil etilgan mustaqil notijorat tashkiloat bo‘lib, u mahsulotlar sifatini tadqiqot qilish va xaridorlarga eng sifatli mahsulotlarni taklif qilish bilan shug‘ullanadi. Tashkilotning ushbu faoliyati sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab quvvatlash hamda aholi hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0