Rossiyalik tadbirkorlar O‘zbekistonga noqonuniy ravishda yog‘och yetkazib berishda gumonlanmoqda

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishLesopilnoe proizvodstvo AO "Kraslesinvest" v Krasnoyarskom krae
Lesopilnoe proizvodstvo AO Kraslesinvest v Krasnoyarskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirkorlar o‘z faoliyatlarida firibgarlik yo‘li bilan 30 million rublni Rossiyaga qaytarishmagan.

TOShKENT, 17-iyun - Sputnik. Sibir bojxona boshqarmasi (Rossiya) O‘zbekistonga noqonuniy ravishda yog‘och yetkazib berishda gumonlanayotgan ikki nafar bratsklik tadbirkorga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar qildi.

Birinchi holatda Bratskda istiqomat qiluvchi tadbirkor 24 mln rubllik yog‘och yetkazib berish uchun xususiy o‘zbek tadbirkori bilan shartnoma tuzadi.

Predpriyatie po zagotovke i pererabotke drevesini - Sputnik O‘zbekiston
Oltoydagi yog‘och kontrabandasiga o‘zbek kompaniyalari ham aralashganligi aniqlandi

Biroq, shartnomada ko‘rsatilgan muddatda yetkazib berilgan tovarlar uchun 10,4 million rubl miqdoridagi mablag‘ Rossiya banklari hisobiga kelib tushmagan.

Ikkinchi holatda Bratskda istiqomat qiluvchi tadbirkor ayol o‘zbekistonlik tadbirkor bilan komissiya shartnomasini tuzadi. Unda unga o‘z nomidan alohida topshiriqlar bo‘yicha kelishuv tuzish huquqini beradi. Shunday qilib, ayol O‘zbekistonga yetkazib berish uchun 50 million rubl miqdorida ignabargli yog‘och sotib olish bo‘yicha topshiriq imzolaydi. Ma’lum bo‘lishicha, tushumning 19,5 million rubldan ortiq qismi yog‘och-eksport kompaniyasining hisob raqamiga kelib tushmagan.

Irkustk bojxonasi har ikki rahbarga nisbatan katta miqdorda yetkazib berilgan tovarlar uchun mablag‘larni qaytarish bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaytarilmaydigan valyutaning umumiy summasi 30 million rublni tashkil etdi.

Yangiliklar lentasi
0