Koreyaliklar 33 mln $ kredit evaziga O‘zbekiston maktablariga kompyuter o‘rnatib beradi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishPervoklassniki na kompyuternix zanyatiyax
Pervoklassniki na kompyuternix zanyatiyax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyiha doirasida KT kompaniyasi 2766 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari sinflariga jami 2859 ta o‘quv-kompyuter yetkazib, o‘rnatib beradi.

TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. Janubiy Koreyaning Korea Telecom (KT) kompaniyasi O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi bilan o‘quv-kompyuter sinflarini tashkil etish bo‘yicha shartnomani imzoladi.

Janubiy Koreyaning KT kompaniyasi “Maktab ta’limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda g‘olib bo‘ldi. Loyiha Koreya Respublikasining Eksport-import banki (Eksimbank) ajratgan $33 mln. kredit hisobiga moliyalashtiriladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveshanii po voprosam usileniya vnimaniya k molodeji - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar va xotin-qizlar manfaatlari: Mirziyoyev besh tashabbus bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

“Loyiha doirasida KT kompaniyasi 2766 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari sinflariga jami 2859 ta o‘quv-kompyuter yetkazib, o‘rnatib beradi. 2019 yil oxiriga qadar o‘quv-kompyuterlar 700 ga yaqin maktablarga yetkazib berilishi kutilmoqda”, - deyiladi XTV xabarida.

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Janubiy Koreya O‘zbekistonning ishonchli hamkorlaridan biri ekanligini, shuningdek, loyiha birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirilishini aytib o‘tgan.

Mazkur loyiha maktab o‘quvchilarining kompyuter savodxonligini oshirishga yordam berishini hamda O‘zbekistonda axborot texnologiyalari xizmatlarini rivojlantirish mamlakat uchun ustuvor yo‘nalishlardan biridir, deya ta’kidladi vazir.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Ushbu tashabbusning uchinchisi aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari hamda internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0