Qashqadaryoda o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan direktorga chora ko‘rildi

© Sputnik / Anton Unisin / Mediabankka o‘tishPustie parti v odnom iz klassov
Pustie parti v odnom iz klassov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘quvchilar jazirama issiqda G‘uzor tumani Yonqishloq mahallasidagi uzun yo‘l va ariqni tozalashga majburlangan.

TOShKENT, 6-iyun - Sputnik. Qashqadaryoda o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan direktor ma’muriy javobgarlikka tortildi.

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriligining Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘quvchilarning majburiy mehnatga jalb qilinayotgani yuzasidan tekshiruv o‘tkazilgan.

Privlechenie uchiteley i uchenikov shkoli nomer sem Izbaskanskogo rayona Andijanskoy oblasti k prinuditelnomu trudu - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan direktor jazolandi

Qayd etilishicha, tekshirish yakunlariga ko‘ra, maktab o‘quvchilarini obodonlashtirish ishlariga jalb qilganligi uchun Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi 75-sonli maktab direktori MJtKning 51-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

“Unga nisbatan EKIH 5 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, Inspeksiya tomonidan Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qonun buzulishini bartaraf etish va kelgusida shu kabi kamchiliklarga yo‘l quymaslik yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda G‘uzor tumanida maktab o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unda o‘quvchilar jazirama issiqda G‘uzor tumani Yonqishloq mahallasidagi uzun yo‘l va ariqni tozalashga majburlanayotgani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan direktor jazolangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0