TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. Turistik mavsumi boshlanishi bilan Toshkent-Bishkek-Baliqchi temir yo‘l reysi yo‘lga qo‘yildi.
“Qirg‘iz temir yo‘li” davlat korxonasi xabar berishicha, poyezd har payshanba kuni mahalliy vaqt soat 20:50 da Toshkentdan yo‘lga chiqadi.
Bishkekga juma kuni soat 16:03 va Baliqchiga esa soat 20:29 da keladi.
Ta’kidlanishicha, poyezd sostavida vagon-restoran bor. Qatnov sentabr oyi boshigacha amalga oshirish rejalashtirilgan.