Rossiyada Ukraina Qrimni qanday qilib qaytarib olishi mumkinligini ma’lum qilishdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishGosudarstvennaya Duma RF
Gosudarstvennaya Duma RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Senator Sergey Sekov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Brusselga tashrifi hamda uning “Qrimni qaytarish” strategiyasiga baho berdi.

TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. Qrimdan Federatsiya kengashi a’zosi Sergey Sekov NSNga bergan interyusida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Brusselga tashrifi hamda uning “Qrimni qaytarish” strategiyasiga baho berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Sekov Ukraina G‘arb mamlakatlariga faqat Rossiyani obro‘sizlantirish uchun kerakligi, Zelenskiy esa bu vaziyatda faqat nizoni muzlatishga erishishi mumkinligini ta’kidladi.

Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova Zelenskiyning “Qrimni qaytarish” strategiyasiga baho berdi

“Kim u yerda ularga yordam beradi? Ular Rossiya bilan munosabatlarni keskinlashtirish manbai sifatida kerak. Qrimni Ukraina tarkibiga qaytarishga yordam berishmaydi. Shunga qaramay biror narsa qilishlari, sanksiya kabi choralarni taklif qilishlari mumkin. Buning barchasi bo‘ladi, lekin bu behuda”, - dedi Sekov.

Shu bilan birga, u Ukraina xalqi haqiqiy vaziyatni tushunadigan va muammoni hal qilishni taklif qiladigan real siyosatchilarni kutayotganini qo‘shimcha qildi. Uning fikriga ko‘ra, Zelenskiy so‘zlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, Ukraina sobiq prezident Potr Poroshenko davridagi kabi G‘arb qo‘lida qurol bo‘lib qolishda davom etmoqda.

Shuningdek, u Ukrainaning Qrimni qaytarib olish imkoniyati haliyam borligini istehzo bilan qo‘shimcha qildi.

“Qrimning Ukraina tarkibiga qaytishining juda qisqa yo‘li bor. Men buni haqiqiy yo‘l deb hisoblayman: Ukraina uch yuz yil avvalgidek Rossiya bilan birlashishi kerak. Boshqa hech qanday variant yo‘q”, - deya ta’kidladi senator.

Bundan tashqari, Sekov Ukrainani rivojlangan davlat bo‘lish uchun Rossiya bilan munosabatlarini yaxshilashga va iqtisodiy aloqalarni tiklashga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mariya Zaxarova Vladimir Zelenskiy  jamoasi tomonidan "Qrimni qaytarish" strategiyasiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqidagi xabarga o‘z munosabatini bildirgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0