Migrantlar mavzusi ko‘p yillar yopiq mavzu bo‘lgan – Kudbiyev

© Ministerstvo zanyatosti i trudovix otnosheniy UzbekistanaTrudovie migranti vozvrashayutsya domoy
Trudovie migranti vozvrashayutsya domoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zbekiston to‘lov balansi qarab ko‘rilsa, yiliga 5 milliard dollardan ortiq valyuta pul tushum jo‘natmalari, aynan mehnat migratsiyasi hisobiga amalga oshiriladi”, - dedi Kudbiyev.

TOShKENT, 4-iyun – Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston fuqarolarini chet elda ishga joylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Kupuri nomiralom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Sherzod Kudbiyev: 60 foiz aholi pensiya huquqlarini shakllantirmayapti

Vazir ta’kidiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 81 ta xususiy bandlik agentligi davlat reyestriga kiritilgan, shulardan 61 tasi bevosita xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha litsenziyasini olgan.

"Oldingi yillarda chet elda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish masalasi yopiq mavzu bo‘lgan, bu haqda kam gapirilgan, ya’ni ochiq gapirishga uyalardik. Vaholanki, agar Markaziy bankdan O‘zbekiston to‘lov balansiga qaraydigan bo‘lsangiz,  yiliga 5 milliard dollardan ortiq valyuta pul tushum jo‘natmalari aynan mehnat migratsiyasi hisobiga amalga oshirilganini ko‘rish mumkin. Hech qanday soha yo‘q-ki bundan ortiq bo‘lgan. Neft, gaz, noyob metallar eksportidan ham buncha mablag‘ bizga kelib tushmagan", - dedi vazir.

Kudbiyev migrantlar sohasiga katta e’tibor berish kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

"Prezidentga katta rahmat, idoramizga O‘zbekiston tarixida birinchi marta 200 milliard so‘m mablag‘ ajratib berdilar. O‘zbekiston fuqarolari chet elda mehnat faoliyat olib borayotganda, qiyin ahvolga tushib qolsalar, ularga yordam berish, qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida jamg‘arma tashkil etildi,” - deb ta’kidladi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri.

Ministr zanyatosti i trudovix otnosheniy Uzbekistana Sherzod Kudbiyev - Sputnik O‘zbekiston
Aholiga ish topib berish borasida ishlarimiz qoniqarsiz – Kudbiyev

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, shu jamg‘arma hisobidan bugungi kunga kelib 3 mingga yaqin fuqarolarga Koreya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon davlatlarida yordam berilgan.

“Bu hayot, har xil vaziyatlar bo‘lishi mumkin, ish beruvchilarning noroziligi, tabiiy ofat, nohush holatlar. Shunday vaqtlarda O‘zbekiston davlati 27-yil ichida birinchi marta o‘z fuqarolarga yordam berishni boshladi. Buni ham ochiq gapirishimiz kerak”, - dedi Sherzod Kudbiyev.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga ko‘ra, 2,5 million O‘zbekiston fuqarosi chet elda mehnat faoliyat olib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0