Abdulaziz Kamilov Venesuela elchisini qabul qildi

© Facebook / MID UzbekistanaGlava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov i posol Venesueli v respublike s rezidensiyey v Tegerane Karlos Alkala Kordones
Glava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov i posol Venesueli v respublike s rezidensiyey v Tegerane Karlos Alkala Kordones - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda o‘zaro manfaatli aloqalarni faollashtirish, avvalambor, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Venesuela Bolivar Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Tehron shahrida) Karlos Alkala Kordonesni qabul qildi.

Abdulaziz Kamilov i Emomali Raxmonom - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov Tojikiston prezidenti bilan uchrashdi

TIV xabariga ko‘ra, ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan vazir elchini yuqori va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklagan va unga samarali faoliyat tilagan.

“Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi O‘zbekiston-Venesuela munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi”, - deyiladi xabarda.

O‘zaro manfaatli aloqalarni faollashtirish, avvalambor, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0