Toshkent viloyati ikkiga bo‘linishi mumkin

© darakchi.uzXokimiyat Tashkentskoy oblasti
Xokimiyat Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyati hokimligida videoselektor yig‘ilish keskin tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tmoqda.

TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. Toshkent viloyati hokimligida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

Hokimlik xabariga ko‘ra, yig‘ilishda prezident Toshkent viloyati ikkiga bo‘linishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: “Xatoni kechiraman, xiyonatni kechirmayman”

Yig‘ilish keskin tanqidiy ruhda boshlangan. Kadrlar siyosati, viloyatning geografik tuzilishi, qoloqlik keskin tanqid qilinmoqda.

Prezident ayrim tuman va shahar rahbarlarini iqtisodni umuman tushunmasligini kuyunib ta’kidlagan.

“Qani ilm, qani tashabbus, qani yangilik”, - degan davlat rahbari.

Yig‘ilishda Navoiy viloyati 100 foiz klasterga o‘tgani misol qilib keltirilib, Toshkent viloyatda qishloq xo‘jaligi juda tang ahvoldaligi qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0