Shavkat Mirziyoyev: “Xatoni kechiraman, xiyonatni kechirmayman”

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyati hokimligida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. Toshkent viloyati hokimligida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Kitob o‘qish darajasi yetarli emas – Shavkat Mirziyoyev

Toshkent viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, yig‘ilish keskin tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tmoqda. Kadrlar siyosati, viloyatning geografik tuzilishi, qoloqlik keskin tanqid qilinmoqda. 

“Xalq deputatlari mahalliy Kengashiga hokim rais bo‘lmaydi. Deputatlarga 2-yilda katta imkoniyatlar berdim. Faqat qo‘l ko‘taradi”, - deya ta’kidlagan prezident.

Prezident ayrim tuman va shahar rahbarlarini iqtisodni umuman tushunmasligini kuyunib ta’kidlagan.

“Xatoni kechiraman, xiyonatni kechirmayman. Pora oldimi, tamom, u qamaladi. Men bugun taklif eshitgani kelganman. Menga maqtov kerakmas”, — degan davlat rahbari.

Yangiliklar lentasi
0