Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekiston fuqarosini yaraladi

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Mediabankka o‘tishUcheniya Operativnoy gruppi rossiyskix voysk v Pridnestrovye
Ucheniya Operativnoy gruppi rossiyskix voysk v Pridnestrovye - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston chegarachilari talablariga bo‘ysunishdan bosh tortgan erkaklarga nisbatan qurol qo‘llashga majbur bo‘lgan.

TOShKENT, 31-may - Sputnik. Qirg‘iziston chegarachilari talablariga bo‘ysunishdan bosh tortgan erkaklarga nisbatan qurol qo‘llashga majbur bo‘lgan.

Sputnik Qirg‘izistonning mamlakat Chegara xizmati ma’lumotlariga tayanib yozishicha, hodisa O‘sh viloyati, Aravon tumanidagi Toguz-Buloq aholi punktida sodir bo‘lgan.

Tadjikskie pogranichniki - Sputnik O‘zbekiston
Qabriston sababli tojik-qirg‘iz chegarasida nizo chiqdi

“Chegara naradi chegara yaqinida O‘zbekistonning ikkita avtomashinasini aniqlagan. Ular chegarachilarning to‘xtash haqidagi talabini e’tiborsiz qoldirishgan. Chegara naradi havoga qarata ogohlantirish o‘qi uzgan. Biroq, mashinalar to‘xtamasdan harakatda davom etgan va Qirg‘iziston naradi qurol qo‘llashga majbur bo‘lgan”, - deyiladi xabarda.

Natijada O‘zbekiston fuqarosi yaralangan. U O‘zbekistonning Marhamat tumani kasalxonasiga olib ketildi.

Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati raisi va O‘zbekiston DXX chegara qo‘shinlari qo‘mondoni bilan muloqot qilgan. Ular hodisa yuz bergan joyga qo‘shma surishtiruv ishlarini amalga oshirish haqidagi qarorga kelishgan.

Hozirda hodisa tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0