Jinsiy aloqa va o‘zini o‘zi o‘ldirishga majburlash: qozog‘istonlik imom jinoyatda gumonlanmoqda

CC0 / Unsplash / Melanie Wasser / Devushka zakrivayet litso rukami
Devushka zakrivayet litso rukami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Imomning so‘zlariga ko‘ra, vafot etgan ayol uni sevib qolgan va eridan ajrashishni so‘ragan.

TOShKENT, 27-may – Sputnik. Olma-ota viloyati qishloq imomi ayolni jinsiy aloqa qilish va o‘zini o‘z o‘ldirish darajasiga yetkazish jinoiy harakatlarini sodir etishda gumonlanmoqda. Ushbu holat yuzasidan Qozog‘iston musulmonlar idorasida izoh berildi.   

Ayollarni 19-martalab erga berishmoqda: Suriyada 6-yil yashagan qozog‘istonlik ayol hikoyasi

Kaynarli qishlog‘ida nima sodir bo‘ldi

Kaynarli qishlog‘ining Yeskeldin tumanida turmushga chiqqan ayol o‘z joniga qasd qildi. Marhum ayol erining so‘zlariga ko‘ra, rafiqasi imom tufayli bu ishga qo‘l urgan. Sababi imom ayolni jinsiy aloqa qilishga majburlagan.

“Tunda men rafiqamning telefoniga kelgan sms-xabarga ko‘zim tushdi. U unga: “Jonim chiq” deb yozgan. Keyin men chiqdim, unga bir necha marta zarba berdim, u qochib ketdi”, - dedi erkak "Perviy kanal Yevraziya"ga.

Erkak imom bilan do‘st bo‘lgan ekan.

Imomning javobi

Imom bu voqea yuzasidan o‘z versiyasini aytib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilgan ayol uni sevib qolgan.  

“Biz 2014-yilda ular Xitoydan kelgan vaqtda tanishdik. Men ularni o‘z uyimda ro‘yxatdan o‘tish uchun rozilik berdim. Bir vaqt ayol mening telefon raqamimni so‘radi. Biz yaqinroq aloqa qilishni boshladik va bir-birimizni sevib qoldik. U eri bilan ota-onasi tanishtirib qo‘ygani va uni sevmasligini aytdi”, - dedi sobiq imom.

40 yoshli sobiq imomning so‘zlariga ko‘ra, ayol o‘z eridan ajrashishni (taloq) so‘ragan.

Devushka stoit u okna - Sputnik O‘zbekiston
Minglab qizlarning intim suratlari internetda ochiq tarzda paydo bo‘ldi

“Politsiya xodimlari guvohlarni so‘roq qilmoqda. Barcha kerakli ekspertizalar tayinlangan, shu jumaladan ularni yozishmalar bo‘yicha sud-filologik ekspertiza. Jinoiy ishni shaxsan politsiya departamenti boshlig‘i o‘z nazoratiga oldi”, - deb ta’kidladi politsiya tergov departamenti boshlig‘i Janat Sarkitov.

“O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Hozirgi vaqtda gumonlanuvchi masjidda ishlamaydi.

Bu holatga Qozog‘iston musulmonlar idorasi izohi

Qozog‘iston musulmonlar idorasi matbuot kotibi Agabek Konarbayo‘g‘li so‘zlariga ko‘ra, idora bu shov-shuvli xabarni juda og‘ir qabul qildi.   

“Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, u Xitoydan kelgan. 2016-yil 16-sentabr u Kaynarli qishlog‘ining aholisi iltimosiga ko‘ra mulla bo‘ldi. 2019-yil 13-aprel kuni o‘z xohishiga ko‘ra faoliyatdan ozod etildi”, - deb ta’kidladi musulmonlar idorasi kotibi.

Matbuot xizmatida ta’kidlanishicha, huquq tartibot organlari tomonidan holat yuzasidan to‘liq tekshiruv o‘tkazishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0