O‘zbekiston va Belarus harbiylari “garovga olgan bir necha shaxslar”ni qutqardi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaSovmestnie taktiko-shtabnie uzbeksko-belorusskie voyennie ucheniya
Sovmestnie taktiko-shtabnie uzbeksko-belorusskie voyennie ucheniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Belarus harbiylari ekstremal sharoitlarda yashovchanlik imkoniyatlarini namoyish etdi.

TOShKENT, 23-may – Sputnik. O‘zbekiston va Belarus harbiylari ekstremal sharoitlarda yashovchanlik imkoniyatlarini namoyish etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, 21-22 may kunlari har ikki mamlakat harbiy xizmatchilari shartli dushman garovga olgan bir necha shaxslarni qutqarish hamda noqonuniy qurollangan to‘dalarning qurolli harakatlariga favqulodda barham berish maqsadida ularning qarorgohiga qo‘qqisdan hujum qilish operatsiyasini amalga oshirish bo‘yicha maxsus taktik-o‘quvlariga tayyorgarlik mashqlarini bajarishdi.

Aleksandr Xrolenko, voyenniy obozrevatel - Sputnik O‘zbekiston
Xrolenko o‘zbek-belarus mashg‘ulotlari haqida: ko‘lam emas, voqeaning o‘zi muhim

“Maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotiga tayyorgarlik davomida shartli dushman o‘rnashgan hududga yorib kirish hamda ularni butkul tor-mor qilish uchun ikki mamlakat maxsus kuchlari bo‘linmalari harbiy xizmatchilariga qisqa muddat vaqt ajratiladi. Bunda ular, eng avvalo, hujum rejasi va o‘z pozitsiyalarini a’lo darajada ado etishlari lozim. Ayni damda kechayotgan tayyorgarlik mashg‘ulotlari har ikki mamlakat harbiylarining dastlabki ko‘nikmalarini shakllantirmoqda”, – deydi mayor Rasulxon Ahmedov.

Ta’kidlanishicha, jangovar hamdo‘stlik harbiy xizmatchilari shartli dushman mudofaa chiziqlarini zirhli texnikalar orqali yorib kirish, guruhlarga bo‘lingan holda tezkor taktik harakatlar bilan qurolli to‘dalarning pistirmalarini bombardimon etish, tepaliklardan arqon yordamida hujum guruhiga qanotlardan yordamga o‘tish mashg‘ulotlarida belgilangan vazifalarni o‘zlashtirishdi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaSovmestnie taktiko-shtabnie uzbeksko-belorusskie voyennie ucheniya
Sovmestnie taktiko-shtabnie uzbeksko-belorusskie voyennie ucheniya - Sputnik O‘zbekiston
1/4
Sovmestnie taktiko-shtabnie uzbeksko-belorusskie voyennie ucheniya

2/4

3/4

4/4

Shuningdek, mehmon harbiylar O‘zbekiston himoyachilari tomonidan yasalgan tuzoqlar, bir va bir necha kunlik boshpanalarni o‘zlashtirish barobarida o‘z tajribalari bilan ham o‘rtoqlashishdi.

Avvalroq Rosgvardiya O‘zbekistonni Xitoy bilan hamkorlikdagi mashg‘ulotlariga taklif qilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0