Bedarak yo‘qolgan 18 yoshli o‘zbekistonlik qizni Rossiyada ko‘rishgan – qidiruv davom etmoqda

© GUVD TashkentaPropavshuyu v Tashkente devushku nashli v Rossii
Propavshuyu v Tashkente devushku nashli v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozircha Natalyaning aynan qayerdaligi ma’lum emas. Guvohlar uni Novosibirsk shahrida ko‘rishganini aytishmoqda.

TOShKENT, 23-may - Sputnik. Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida bedarak yo‘qolgan qiz Rossiyada topildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida 18 yoshli Natalya F. ismli qiz bedarak yo‘qolgani haqida xabarlar tarqagan edi.

“Toshkent shahar IIBB jinoyat-qidiruv bo‘limi va Yangiyo‘l tuman IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan qidiruv natijasida qiz Rossiyadagi qarindoshlarinikiga ketgani ma’lum bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.

IIBB xabariga ko‘ra, 16-may kuni soat 16:00 da Natalya chegarani kesib o‘tib, Qozog‘istonga o‘tgan. Qizning hamrohi bilan suhbatda u ilgari bir tanishiga Rossiyaga borishni taklif qilgani, ammo tanishi unga rad javobi bergani aniqlangan.

17 may kuni soat 10:00 dan 11:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Natalya noma’lum raqamdan o‘sha tanishiga qo‘ng‘iroq qilgan va poyezdda Qozog‘istonga ketayotganini xabar qilgan.

Bivshaya uchastnitsa shou Xolostak Anastasiya Matronina - Sputnik O‘zbekiston
“Bo‘ydoq” teleshouning sobiq ishtirokchisi, asli toshkentlik model bedarak yo‘qoldi

21 may kuni esa qiz dugonasiga SMS yuborib, Rossiyada ekanini yozgan. Ammo qaysi shaharda ekanini ko‘rsatmagan.

Natalyaning onasi Rossiyada ularning qarindoshlari borligini va qizi maktabni tamomlagach ularnikiga bormoqchi ekanini ma’lum qilgan. Lekin Natalya ketish oldidan onasiga hech narsani aytmagan.

“Qizim menga aytgan bo‘lar edi. U menga ishonadi”, - dedi Natalyaning onasi. Shu bilan u ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilar tomonidan Natalyaning oilasidagi muammolar haqidagi taxminlarni ham rad etdi.

Toshkentda bedarak yo‘qolgan qiz fohishalar orasidan topildi

Keyinchalik qizning onasiga Novosibirskda ro‘yxatdan o‘tgan mobil raqamdan notanish kishi qo‘ng‘iroq qilgan. U internetda bedarak yo‘qolgan qiz haqidagi e’lonni ko‘rganini va darrov o‘zi Qozog‘istondan Novosibirskka kelgan avtobusda u qizni ko‘rganini aytgan.

O‘zbekistonlik ota 14-yil oldin yo‘qolgan o‘g‘lini Qozog‘istondan topdi

Ayni damda Toshkent shahar IIBB Natalyaning onasi bilan aloqada bo‘lib turibdi va hodisani o‘rganmoqda.

Yangiliklar lentasi
0