Samarqandda ro‘y bergan YTH haqida rasman xabar berildi

© STVAvtobus perevernulsya v Samarkande
Avtobus perevernulsya v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand shahrida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida avtobus va “Spark” ag‘anadi.

TOShKENT, 17-may - Sputnik. Samarqand shahrida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi haqida rasman xabar berildi. Bu haqda Zarnews.uz xabar qildi.

Operatsiya na serdse u detey v Meditsinskom sentre Samarkanda - Sputnik O‘zbekiston
SSV O‘rta Chirchiqda sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

16 may kuni soat 09:30 larda haydovchi Payariq tumani Bobur mahallasida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan “Midibus” rusumli avtobus Ma’rifat ko‘chasi tomondan Imom Al-Buxoriy ko‘chasi tomonga boshqarib borayotgan vaqtida Bo‘stonsaroy ko‘chasida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

“Yo‘l-transport hodisasi oqibatida “Spark” haydovchisi J.Xolbekov chap umrov suyagi sinishi bilan shifoxonaga yotqizilgan”, - deyiladi xabarda.

Avtobus yo‘lovchilari – Z.E. o‘ng qo‘l bilak suyagining yopiq sinishi, M.Q. esa chap umrov suyagining sinishi kabi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0