Buxoroda havodan suv oluvchi birinchi qurilma ishga tushdi

© MininnovatsiiGenerator vodi iz vozduxa v Buxare
Generator vodi iz vozduxa v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoroda, ilk bor tajriba tariqasida havodan suv oluvchi innovatsion qurilma o‘rnatildi.

TOShKENT, 15-may – Sputnik. Kecha Buxoro markazida havodan suv oluvchi apparat ishga tushdi, deb xabar qilmoqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.

Innovatsion rivojlanish vazirligi boshchiligida, tajriba tariqasida ilk bor o‘rnatilgan ushbu qurilma havo namligidan foydalangan holda, bir sutkada 900 litrgacha toza ichimlik suvi iishlab chiqarish quvvatiga ega.

© MininnovatsiiBuxoroda havodan suv oluvchi birinchi qurilma ishga tushdi
Buxoroda havodan suv oluvchi birinchi qurilma ishga tushdi  - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda havodan suv oluvchi birinchi qurilma ishga tushdi

“Havo-suv” generatori Isroilning Watergen Ltd. kompaniyasi hamda Xolon texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda o‘rnatilgan. “Gen-350” qurilmasi dunyodagi eng kam energiya sarflovchi havo-suv generatori bo‘lib (AWG), u kam quvvat iste’moli bilan ko‘proq suv hosil qilish imkonini beradi. Qurilma, shuningdek, bir nechta to‘siqli filtr kaskadlar orqali havoni filtrlaydi.

gelioenergetik qurilma - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik olimlar gelioenergetik qurilma o‘ylab topishdi

Ta’kidlash joizki, atmosfera havosi namlikning ulkan rezervuari hisoblanadi va hatto quruq iqlimli hududlarda ham odatda 1 kv. m. havoda 6-10 gr.gacha suv bo‘ladi. Issiq quruq, cho‘l hududlaridagi yerga yaqin joylashgan 1 kv. km. atmosfera qatlamlarida 20 000 tonna suv bug‘i mavjuddir.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov 12-may kungi Isroil davlati delegatsiyasi bilan uchrashuvida ushbu loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda 2 oydan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida ham qurilmani amaliyotga tatbiq etish masalalarini muhokama qildi.

Vazir, shuningdek, kelgusida har bir xonadon uchun mo‘ljallangan havo namligidan foydalangan holda toza ichimlik suvini hosil qiluvchi kichik hajmdagi havo-suv generatori qurilmalarini ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy takliflar berdi.

Yangiliklar lentasi
0