Shimoliy Koreya yetakchisi Rossiyaga tashrif buyuradi

© TASS/POOL / Mediabankka o‘tishVizit glavi MID RF S. Lavrova v Severnuyu Koreyu
Vizit glavi MID RF S. Lavrova v Severnuyu Koreyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
KXDR yetakchisi va Rossiya prezidenti aprel oyi oxirida uchrashishi mumkin.

TOShKENT, 15 apr – Sputnik.  KXDR davlat kengashi raisi Kim Chen In keyingi haftada Rossiyaga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda Yonhap nashri xabar qildi.

Lider Severnoy Korei Kim Chen In i prezident SShA Donald Tramp vo vremya vtorogo sammita SShA-KNDR v Xanoe, Vyetnam - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Tramp Kim Chen Indan KXDR qurolini AQShga topshirishni so‘radi

Xabarda aytilishicha, Rossiya-Shimoliy Koreya sammiti Vladivostokda bo‘lib o‘tadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoyda 26-27 aprel kuni “Bir belbog‘ – bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etadi.

Kim Chen In bilan uchrashuv sammitdan bir-ikki kun avval yoki tadbirdan keyin o‘tkaziladi.

KXDR davlat kengashi o‘rinbosari Kim Chxan Son 19-25 martda Moskva va Vladivostokka tashrif buyurgandi.  

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Morgulov va Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vaziri Im Chxon bilan siyosiy munosabatlar rejasini muhokama qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi yakunida AQSh prezidenti Donald Tramp Xanoyedagi sammit vaqtida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga Qo‘shma Shtatlarga yadroviy qurol va bombalar uchun yoqilg‘ini topshirish chaqirig‘i aks etgan hujjatni topshirganligi haqida xabar bergandik.

Tramp koreys va ingliz tillarida yozilgan hujjatni 28-fevral kuni Xanoyedagi "Metropol" otelida topshirgan.

 

 

Yangiliklar lentasi
0