Mirziyoyev AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

© Press-slujba Prezidenta UzbekistanaMirziyeyev pobesedoval so Spetsialnim predstavitelem SShA
Mirziyeyev pobesedoval so Spetsialnim predstavitelem SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonni boshlashda afg‘on xalqining bosh rolini nazarda tutgan holda xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini samarali muvofiqlashtirish zarurligi qayd etdi.

TOShKENT, 12 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzodni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Delegatsiya Respubliki Uzbekistan vo glave s Ministrom inostrannix del Abdulazizom Kamilovim, uchastvuyushaya v Munxenskoy konferensii po bezopasnosti, 14-fevralya 2019 goda vstretilas s Prezidentom Islamskoy Respubliki Afganistan Muxammadom Ashrafom Gani - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” o‘rtasidagi muzokaralar Samarqandda o‘tkaziladi

Prezident O‘zbekiston Afg‘oniston bilan an’anaviy yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirishga muhim ahamiyat qaratayotgani, ushbu mamlakatda barqarorlik o‘rnatilishi va iqtisodiyot qayta tiklanishiga amaliy hissa qo‘shish tarafdori ekanini qayd etdi. 

Shuningdek, davlat rahbari Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonni boshlashda afg‘on xalqining bosh rolini nazarda tutgan holda xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini samarali muvofiqlashtirish zarurligi qayd etdi.

Maxsus vakil mamlakatning Afg‘oniston xalqiga har tomonlama, jumladan, muhim ijtimoiy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish orqali yordam berishga qaratilgan siyosatini yuksak baholadi.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Xitoy Afg‘oniston masalasini muhokama qiladi

Uchrashuvda AQSh O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik muzokaralariga ko‘maklashish borasidagi konstruktiv sa’y-harakatlarini, xususan, Afg‘oniston hukumati vakillari ishtirokidagi muloqotning navbatdagi davrasini Samarqand shahrida o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, mintaqada tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash maqsadida Afg‘onistondagi vaziyatni hal etish masalalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini qayd etdilar.

Yangiliklar lentasi
0