"Semurg‘" - "Binokor" hisob 1:1, endi hammasi finalda hal bo‘ladi

© Olimpiyskiy komitetSemurg - Binokor 5:4
Semurg - Binokor 5:4 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston ilk xokkey chempionatida ikki yetakchi jamoa orasida bahslar qizg‘in davom etmoqda.

TOShKENT, 11 apr - Sputnik. O‘zbekiston birinchi xokkey chempionati qizg‘inlik bilan davom etmoqd, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi. 

Stolichniy xokkeyniy klub Binokor - Sputnik O‘zbekiston
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining finalchilari aniqlandi

Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining final uchrashuvi davom etmoqda. Kecha tunda “Binokor” hamda “Semurg‘” jamoalari o‘rtasida ikkinchi qarama-qarshilik bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki bellashuvda mag‘lub bo‘lgan “Semurg‘” bu safar avvalgi xatolardan tegishli xulosa chiqargan holda harakat qildi. Natija ham shunga yarasha. Keskin va murosasiz kechgan bahs “Semurg‘”ning 5:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa jamoalar o‘rtasida seriyalar bo‘yicha hisob 1:1 ko‘rinishiga keldi. Final bahs va jamoalarning uchinchi qarama-qarshiligi 12-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Turnir po xokkeyu s shayboy sredi detey  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekcha xokkey: birinchi chempionatning birinchi o‘yini 8-fevralda

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda xokkey sport turi ilk bor 1971-yilda paydo bo‘lgan. O‘shanda Toshkentda qurilgan “Yubileyniy” sport majmuasi asosida “Spartak” jamoasi tashkil etilgan edi. Bir necha yildan so‘ng ushbu jamoa nomi “Binokor” deb o‘zgartirilgan. Ayni damda “Binokor”ni Toshkentning eng eski klubi desa bo‘ladi.

1972 yilda O‘zbekiston xokkey o‘ynovchi dunyonig eng janubiy mamlakati sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi. 1973-yilda O‘zbekiston xokkey jamoasi Sharqiy hududining eng yaxshi 5 jamoasi tarkibiga kirib butun Sovet ittifoqiga mashhur bo‘lgan edi.

Otkritie Humo Arena v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
"Humo Arena"sining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Shundan so‘ng “Binokor” jamoasi SSSR xokkey chempionatining 1,2 ligalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelgan. U qayd etgan eng yaxshi natija – ikkinchi ligada 3 o‘rin va birinchi ligada 4 o‘rin bo‘lgan. 1988-yilda jamoa tarqatib yuborilgan.

1989 – 2012-yillar davomida O‘zbekistonda xokkey sporti rivojlanmagan. 2013-yilda “Binokor” jamoasi qayta tug‘ilgan. Shundan so‘z O‘zbekistonda yana 3ta xokkey jamoasti tashkil qilinadi va 2018-yilda Xokkey federatsiyasi tuzildi.

2019 yilning mart oyida O‘zbekistonda muz sporti saroyi – Xumo arena ishga tushdi. Unda Olimpiya talablariga javob beradigan ikkita xokkey maydoni mavjud. Ayni damda xokkey bo‘yicha O‘zbekiston ilk chempionati yakunlanmoqda. Final ertaga 12-aprel kuni.

Yangiliklar lentasi
0