Energiya tejash tizimlarini ishlab chiqishga Germaniya nano-texnologiyalari jalb qilinadi

© Sputnik / Artem Jitenev / Mediabankka o‘tishyex po izgotovleniyu svetodiodnix svetilnikov i lamp
yex po izgotovleniyu svetodiodnix svetilnikov i lamp  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, shisha tola ishlab chiqishga xorijiy investitsiya va zamonaviy nano-texnologiyalar jalb qilinadi.

TOShKENT, 11 apr – Sputnik. Shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

Zamena starix elektroschetchikov v jilix domax Vladivostoka - Sputnik O‘zbekiston
Elektr energiya uchun oldindan to‘lov tizimiga o‘zgartirish kiritildi

Qaror shisha tola va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqishga xorijiy investitsiya va zamonaviy nano-texnologiyalarni keng jalb qilish maqsadida qabul qilingan.

Qayd etilishicha, bugungi kunda “Deutsche Kabel AG Taschkent” qo‘shma korxonasi (Germaniya) tomonidan shisha tola, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalarnii ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda.

Qo‘shma korxona loyihalarni (13 ming tonna shisha tola, 3 ming tonna shisha tola buyumlari va 40 ming kVt energiya tejashning zamonaviy tizimlar) 21,4 mln yevro to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda amalga oshiradi hamda mazkur loyihalarni samarali amalga oshirish uchun “Falk Porsche Fiberglass” MJCh tashkil etilgan.

Qaror bilan “Falk Porsche Fiberglass” MJChga qator soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etildi.

Yangiliklar lentasi
0