Toshkentda prezident maktabi qurilish ishlari boshlandi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishShkolniki vo vremya peremeni, arxivnoe foto
Shkolniki vo vremya peremeni, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Nukus shahrida ilk prezident maktabini qurish ishlari boshlangan edi.

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Toshkentda prezident maktabi qurilish ishlari boshlandi. Maktab poytaxtning  Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligining matbuot xizmati xabar qildi.

Avvalroq Qoraqalpog‘istonning Nukus hamda Xorazmning Xiva shahrida prezident maktablarining qurilish ishlari boshlangan edi. 

Prezidentskaya shkola, proyekt - Sputnik O‘zbekiston
Prezident maktablarida darslar ingliz tilida o‘tiladi

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 20-fevralida prezident Shavkat Mirziyoev “Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarorni imzolagan edi. Hujjatga ko‘ra, Prezident maktablari mamlakatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Prezident maktablariga qabul Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yurtimiz ta’lim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Maktabning yillik qabul kvotasi 24 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lib, ikkita sinfga bir xil – 12 nafardan o‘quvchi taqsimlanadi. Birinchi o‘quv yilida esa har bir Prezident maktabining 5-10-sinflariga jami 144 nafar o‘quvchi o‘qishga qabul qilinadi.

O‘quv jarayoni xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlari bo‘yicha ingliz tilida amalga oshiriladi va “STEAM - ta’lim” (Science - tabiiy fanlar, Technology - texnologiya, Engineering - texnik ijodkorlik, Art - san’at, Mathematics - matematika) dasturi asosida olib boriladi.

Prezident maktabining 9-11-sinflarida ta’lim olish o‘quvchilarning qiziqishiga ko‘ra ayrim fanni tanlash va ularni o‘rganish darajasini inobatga olgan holda individual o‘quv jarayoni asosida amalga oshiriladi.

© Ministerstvo narodnogo obrazovaniyaPrezidentskaya shkola, proyekt
Toshkentda prezident maktabi qurilish ishlari boshlandi - Sputnik O‘zbekiston
Prezidentskaya shkola, proyekt

Prezident maktablari bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida xorijiy oliy o‘quv yurtlariga kirish imkonini beradi.

Kembrij Universitetining Cambridge Assessment International Education brendi ostida faoliyat yurituvchi Imtihon Kengashi Prezident maktablariga qabul imtihonlarini tashkil etishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0