Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tadi

Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev fuqarolarga mamlakat telekanallari orqali murojaat qildi.

TOShKENT, 9 apr - Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev fuqarolarga mamlakat telekanallari orqali murojaat qildi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qilmoqda.

Tokayev o‘z murojaatida Qozog‘istonda shu yilning 9-iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qildi.

Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Kasim-Jomart Tokayev Qozog‘iston fuqarolariga teleefir orqali murojaat qiladi

“Men Elbasi Nursulton Nazarboyev bilan maslahatlashdim, shuningdek, hukumat, parlament, Konstititutsion kengashi rahbarlari va partiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdim. Navbatdan tashqari saylov o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror – juda zarur va muhim bo‘lgan qadam. Men 2019-yilning 9-iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qildim”, - dedi Tokayev jonli efir chog‘ida.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 19-mart kuni televidenie orqali millatga murojaat qilib, iste’foga chiqishini ma’lum qilgan edi. Saylovgacha Qozog‘iston prezidenti vazifasini Parlament Senati spikeri Kasim-Jomart Tokayev bajarib turadi. 

“Ostonada, yo‘q, Nur-Ostonada”: Qozog‘istonlik amaldor poytaxt nomida adashib ketdi – video

Qozog‘istonda navbatdagi prezident saylovi 2020-yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0